Afg‘oniston O‘zbekistonga noyob Hirot oq marmari taqdim etdi

15.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

vwbmJ0WZ6n0xxOctkKtHEEeEm1coABLG

Afg‘oniston O‘zbekistonga Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezashda ishlatish uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmarini yubordi

Afg‘oniston O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmarini taqdim etdi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi. Ularni Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishida ishlatish rejalashtirilmoqda.

Termiz xalqaro savdo markazida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

O‘zAning yozishicha, Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonga 18 ta yuk mashinasida uzunligi turli o‘lchamdagi qalinligi 3,5-4 santimetrli noyob oq marmar toshning dastlabki 324 qutisi yetkazilgan.