Andijonda 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi

16.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanida 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

a5d74380075c09de47c3fb62a5f8f4b70516

Qayd etilishicha, tumanning “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yigʻinida, Maktab koʻchasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm boʻlgan quduqqa uy egasining 7 yoshli oʻgʻli ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Shundan soʻng, ular bolani olib chiqishda amaliy yordam soʻrab FVBga murojaat qilgan. Aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida bola quduqdan sogʻ-salomat chiqarib olingan.

“Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.