Toshkentda kuzatilgan chang boʻroni natijasida 19 mingga yaqin isteʼmolchi elektrsiz qoldi

19.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Toshkentda 17-may kuni kuzatilgan kuchli shamol va chang boʻroni natijasida 19 mingga yaqin isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qoldi. Bu haqda Energetika vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

electricity-page_370x210_crop_center_q95

Illyustrativ foto

Qayd etilishicha, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoʻlda oʻchirilgan. Natijada, Toshkent shahrida 8 500 ta va Toshkent viloyatida 10 300 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan.

Shundan soʻng, 18-may yarim tunga qadar olib borilgan ishlar natijasida 15 035 ta isteʼmolchining elektr taʼminoti qayta tiklandi. Tonggi soat 8:20 ga qadar esa elektr taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar toʻliq bartaraf etildi.