Toshkentning Ziyolilar koʻchasining Doʻrmon yoʻli koʻchasi kesishmasidan Qalandar koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xarita: xs.uz
Unga koʻra, koʻcha 17-may soat 22:00 dan 19-may soat 08:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bunga Mirzo Ulugʻbek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sabab boʻlgan.
Xarita: xs.uz
Bundan tashqari, Kichik halqa avtomobil yoʻlining Chingiz Aytmatov koʻchasi kesishmasidan Oqqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi ham 17-may soat 22:00 dan 21-may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopildi.
Bunga esa qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab boʻlgan.