Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

20.05.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.N. 4 000 AQSH dollarini 51,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

photo_2025-05-07_11-47-33

Shu kabi, Departamentning Kogon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Sh. fuqaro B.R.dan 3 500 AQSH dollarini 45,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Uchquduq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.R. va N.S. fuqaro B.N.ga 3 700 AQSH dollarini 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.