Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi qurilish-taʼmirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining Oqqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Katta Darxon koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi bugun, 22-may soat 15:00 dan 24-may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun yopildi.
Hokimlik aholidan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.