Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot bergan.
25-may kuni soat 18:10 da Uchtepa tumani “Vatan” MFY 26-dahada joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:17 da yetib borib, soat 18:35 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
Aniqlanishicha, voqea joyida koʻp qavatli uy xonadonlarining birida 20 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.