O‘zbekiston voleybol bo‘yicha "Millatlar ligasi" musobaqasiga mezbonlik qiladi

27.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Joriy yilning 29-maydan 4-iyungacha Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasi yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi — Markaziy Osiyo Voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida erkaklar o‘rtasida “Millatlar ligasi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

volley

Bugun Farg‘ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari – Eron va Qozog‘iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.

Ularni viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig‘i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.