Zominda sel kelishi oqibatida avtomobil yoʻlida qum-tosh toʻplanib qoldi

28.05.2025 00:00 O'zbekiston 5

Jizzax viloyatining Zomin tumanida sel-suv toshqini hodisalari kuzatildi. Bu haqda “Oʻzgidromet”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

f0ff288aeee31275ddd95a4564b4638d0527

Videodan kadr: xs.uz

Qayd etilishicha, bugun, 27-may kuni soat 12:50 dan 14:50 ga qadar Zomin tumani “Duoba” MFY Qorongʻisoy qishlogʻi, “Chorvador” QFY Jaloyir qishlogʻi, “Turkman” QFY hamda Beshbuloq qishloqlari yuqorisida joylashgan togʻ va adirliklarida kuzatilgan jala yomgʻirlar oqibatida Turkmansoy, Jaloirsoy hamda vaqtinchalik sel yoʻllaridan taxminan 2 metr kub/sekunddan — 7 metr kub/sekundgacha boʻlgan 4 ta sel oqimlari oqib oʻtgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, “Duoba” MFY Qorongʻisoy qishlogʻi hududida kuzatilgan sel oqimi mahalla hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlining bir qismiga loyqa va turli jinslarni oqizib kelib, toʻsib qoʻygan. Oqibatda ushbu avtomobil yoʻlida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Shundan soʻng hodisa joyiga FVV, IIV xodimlari, mahalliy hokimiyat va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch va vositalari yetib borib, muhandislik texnikalari yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borgan.

Hodisa oqibatida fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va chorva mollariga zarar yetmagan. Avtomobillar harakati qisman yoʻlga qoʻyilgan.