Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Har ikki qishloqda soʻnggi yillarda sayyohlik infratuzilmasini yaratish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shunga monand, bu yerga tashrif buyuruvchilarning soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu qishloqlarga “Turizm qishlogʻi” maqomining berilishi bu boradagi ishlarni yangi sifat bosqichiga koʻtarishga zamin hozirlaydi.