jtimoiy tarmoqlarda 01 774 OLA davlat raqami belgi “LiXiang” rusumli avtomobil haydovchisi harakat davomida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan tez tibbiy yordam mashinasiga yoʻl bermagani, hatto xizmat mashinasi uni quvib oʻtishga harakat qilgan vaqtida ham bunga imkon bermagani aks etgan videolar tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 29-may kuni Toshkent viloyatining Angren shahri hududida qayd etilgan. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmatining bugun, 1-iyun kuni mazkur qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchiga tegishli jazo chorasi qoʻllanilganini maʼlum qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unga koʻra, ushbu shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1285-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Maʼlumot uchun, hozirda bu qoidabuzarlikning badali 1 mln 875 ming soʻmni tashkil etadi. Agar jarima 15 kun ichida toʻlansa, haydovchidan pulning 50 foizi — 937 ming soʻm undiriladi.