Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

03.06.2025 00:00 O'zbekiston 5

Namangan shahrida yana bir turnir – sport kurashlari bo‘yicha “O‘zbek botirlari” Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur turnirda 7 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

931916d0eecd9b9a2461bb7c1dea9e660602

Foto: xs.uz

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko‘zdan kechirib oldi.