Toshkentda bir-biriga tutash 4 ta uyda yongʻin yuz berdi

05.06.2025 00:00 O'zbekiston 5

Toshkent shahri Olmazor tumanida bir-biriga tutash 4 ta xonadonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

63b56c8b6c05d1b8d433fbca0e7186d70605

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, bugun, 5-iyun kuni soat 06:27 da Olmazor tumani Farobiy 4-tor koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yongʻin qurshab olgan va 07:34 toʻliq oʻchirilgan.

Aniqlanishicha, manzildagi shaxsiy xonadonlar bir-biriga tutash boʻlgani sababli yongʻin oqibatida 4 ta xonadon yonib zararlangan.

FVVga koʻra, baxtsiz hodisa yuz bergan xonadonlardan birida yoqilgʻi moylash mahsuloti saqlangani taxmin qilinmoqda.