Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining faol xodimlariga elektr bilan harakatlanadigan qulay transport vositalari, planshetlar hamda boshqa zarur texnik jihozlar tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Tadbirda 20 nafar eng faol gidrometr va uchastka boshliqlariga ikki turdagi elektr transport vositalari topshirildi. Maʼlum qilinishicha, yaqin kunlarda xodimlarga yana 25 ta skuter taqdim etiladi. Eʼtiborlisi, “Suv yetkazib berish xizmati” DMning barcha xodimlariga Qurbon hayiti munosabati bilan yordamchi hoʻjaliklarda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul mukofotlari ham berildi.