Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni vaqtincha barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUKga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Qayd etilishicha, bayram kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi:
- 7-iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha;
- 8-iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.
Metropoliten matbuot xizmati avvalroq 6-iyun – Qurbon hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin yaʼni tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlashi haqida xabar bergan edi.