Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

06.06.2025 00:00 O'zbekiston 5

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi.

photo_2025-06-05_23-17-52

Guruhdagi 9-tur bahsida vakillarimiz Birlashgan Arab Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushdi. uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Shunga qaramay terma jamoamiz jamg‘argan ochkolar soni mundialga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.

O‘zbekiston futboli tarixida mutlaqo yangi sahifa ochildi. Bu zafarli voqea mamlakatimizda sport sohasi, xususan, futbol yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mantiqiy natijasi bo‘lib, nafaqat futbolchilarimiz, balki butun xalqimizning ushalmasdek ko‘ringan orzusini ro‘yobga chiqardi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugunga qadar Jahon chempionatining jami 7 ta saralash bosqichida ishtirok etgan va turli bosqichlarda musobaqadagi ishtirokini yakunlagan.

Shu tariqa, 2026 yilgi AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida vakillarimiz ishtirok etadi.

Guruhdagi so‘nggi turda terma jamoamiz 10 iyun kun Toshkentda Qatarga qarshi maydonga tushadi.