Bolgariya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

10.06.2025 00:00 O'zbekiston 5

10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

ba3d9ce9-4aa4-b8f0-1e5d-1ba286f9e8c9_lists_slider_8198

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.