Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Maqsad – Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratish ekani ta'kidlangan.
Foto: xs.uz
Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush uyalarini oʻrnatish ishlariga kirishdi.
Foto: xs.uz