O‘zbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi

12.06.2025 00:00 O'zbekiston 6

O'zbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov (qarorgohi London shahrida joylashgan) mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshlig'i Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1749715593505_17png

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Irlandiya o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo'yicha fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Qishloq xo'jaligi, IKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalarini istiqbolli yo'nalishlar sifatida qayd etildi.

Uchrashuv so'nggida Irlandiya tomoni O'zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yo'lidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Usmanov 2023-yilning 14-noyabr kuni O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida London shahriga kelgan edi.