“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniyaga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, “Uzbekistan Airways” 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.
“Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.