60 ga yaqin fuqarolarimiz Erondan evakuatsiya qilindi

22.06.2025 00:00 O'zbekiston 7

Erondan Turkmaniston orqali 60 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Image_20250622113956

Foto: "Dunyo" AA

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmalariga muvofiq, Oʻzbekistonning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarida kechayu-kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan. Mazkur shtab Eronda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali vataniga qaytarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

“Oʻzbekistonning Tehrondagi elchixonasi vatandoshlarimizning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha doimiy aloqa va muvofiqlashtiruv ishlarini olib boryapti. Ashxoboddagi elchixonamiz esa Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlikda fuqarolarini chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda Vataniga qaytarish jarayonini samarali tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunga qadar Erondan Turkmaniston orqali jami 60 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan. Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekistonning hech bir fuqarosi eʼtiboran chetda qolmaydi va vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar koʻriladi.

Taʼkidlanishicha, Turkmaniston oʻz hududini tranzit maqsadlar uchun taqdim etgani, xalqaro gumanitar yordam koʻrsatishdagi faol ishtiroki va ulkan hissasi, mamlakat chegara punktlari, vokzal va aeroportlarida yaratilgan qulay sharoitlar hamda koʻp sonli davlatlar fuqarolarining tezkor va xavfsiz evakuatsiya qilinayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilmoqda.