Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

22.06.2025 00:00 O'zbekiston 7

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Image_20250622113947

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni toʻliq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etishga chaqiramiz.

Keng koʻlamli toʻqnashuvga olib kelishi mumkin boʻlgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uygʻotmoqda.

Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarga koʻmaklashishga tayyorligini bildiradi”, deyiladi xabarda.