O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
– Bekzot Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
– Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investisiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.
– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
– Utkirjon Gʻayratovich Kodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;
– Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.