Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanaldan 59 yoshli fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda "Xalq so‘z" nashri veb sayti xabar berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma'lumot bergan.
Foto: xs.uz
Bildirishicha, joriy yilning 21-iyun kuni soat 11:46 da Sayxunobod tumani IIBdan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga bir nafar fuqaroning suv yuzasida turgan tanasini olib chiqish boʻyicha amaliy yordam soʻrab, xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va tumanning “Baxmalsoy” MFY hududidan oqib oʻtuvchi tumanlararo oʻng tarmoq kanalining 266 piketidan 1966-yilda tugʻilgan fuqaroning tanasini olib chiqqan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.