Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi yerni 200 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

27.06.2025 00:00 O'zbekiston 8

Toshkent viloyatida fuqaro hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yerni sotib yubormoqchi boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi,

9d60034a9b5bf7dd9155d9003a688efa0627

Illyustrativ foto

Unga koʻra, fuqaro A.S. IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga murojaat qilgan.

Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda, fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQSH dollari evaziga oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.