Xorazmda FVBning 2 xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

28.06.2025 00:00 O'zbekiston 5

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

996c533abeffe6e438ab50084881e40b0628

Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi Hazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 ming 500 AQSH dollari talab qilgan.

DXXning Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 million 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirildi.

“Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.