Ijtimoiy tarmoqlarda “Howo” rusumli yuk mashinasi yoʻl chetida turgan “Tracker” avtomobili bilan toʻqnashgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB munosabat bildirdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 28-iyun kuni soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani “Txay” koʻchasida “Howo” rusumli yuk avtomobili va yoʻl chetida harakatsiz turgan Tracker rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur yoʻl transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
“Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.