Ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 27-iyun kuni soat 13:36 da Toshkent viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Qibray tumani “GES Qodiriya” MFY “Mustaqillik” koʻchasidan oqib oʻtgan “Boʻzsuv” kanaliga fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida fuqaro suvdan olib chiqilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, fuqaro sogʻ-salomat qutqarib olingan.