Toshkentga yana 200 ta “Yutong” elektrobusi olib kelinadi

01.07.2025 00:00 O'zbekiston 7

Yaqin kunlarda Toshkent shahriga Xitoyning 200 dona “Yutong” elektrobusi olib kelinadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

cd8fffcd3a0bb853f989f8c14946c8de0701

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 26-iyun kuni Xitoyning “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 minginchi avtobus oʻzining foydalanuvchisiga topshirilgan. Marosimda Oʻrta Osiyo davlatlaridan jamoat transporti sohasiga aloqador idora va tashkilot vakillari, xodimlari qatnashgan.

Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo uchun maxsus ishlab chiqilgan mazkur, 10 minginchi avtobus “Toshshahartransxizmat” tomonidan xarid qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yilning fevral oyida Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning “Yutong Bus” kompaniyasi xalqaro marketing boʻyicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashgan edi.