Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan aholining ijtimoiy nafaqalari avtomatik tarzda qarz to‘loviga yechib olinayotganini tanqid qildi

01.07.2025 00:00 O'zbekiston 7

Markaziy bank so‘nggi paytlarda ayrim kredit tashkilotlari tomonidan aholining ijtimoiy nafaqalari — ya’ni bolalar puli, nogironlik nafaqasi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik puli va shunga o‘xshash davlat yordami puli bank kartalariga tushishi bilanoq avtomatik tarzda qarz to‘loviga yechib olinayotganini tanqid qildi.

markaziy bank(xabar)

Bu amaliyot fuqarolarning roziligisiz amalga oshirilayotgani uchun adolat tamoyillariga zid va insofsiz amaliyot sifatida baholandi.

Markaziy bank barcha bank va mikromoliya tashkilotlarini: 
▪️ichki tartiblarini qayta ko‘rib chiqishga; 
▪️ijtimoiy nafaqalarni akspetsiz (roziliksiz) qarzga yo‘naltirishni cheklashga; 
▪️Shuningdek, aholi shikoyat qilgan taqdirda pulni qaytarish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.