30-iyun kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd vagonlari noodatiy koʻrinishga keltirildi.
"Xalq so‘zi" nashri veb saytining maʼlum qilinishicha, Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent metropoliteni oʻzaro hamkorlikda metro poyezdida kreativ koʻrinishga keltirilgan vagonlar aks etgan loyihani boshlagan.
Metro vagonlari dizaynidagi yangicha yondashuv poyezdda yoshlarning vaqtini unumli oʻtkazishga targʻib etuvchi suratlar bilan bezatilgan.

Suratlar muallifi: Davronbek Ernazarov/"Xalq soʻzi"
Maʼlumot uchun, soʻnggi 3-yil mobaynida Toshkent metropoliteni tarkibiy boʻlinmalariga jami 3 ming 200 nafarga yaqin xodim ishga qabul qilingan boʻlib, ularning 1 ming 488 nafari oliy maʼlumotga ega. Qabul qilinganlarning 1 ming 44 nafari yosh mutaxassislar hisoblanadi.