Iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 135,6 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan

03.07.2025 00:00 O'zbekiston 6

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari ishtirokida so‘ngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi.

photo_2025-07-01_17-38-37

Unga ko‘ra, 50,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (103 mlrd so‘m) va 12,4 mln metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 135 milliard 669 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 471 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.