O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar

04.07.2025 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahriga keldi.

558305ea-ff8d-4de5-416a-b8b4eba464f6_lists_slider_8296

Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Bu yerda yetakchilar qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona Prezidentlar tomonidan 2024-yil noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim sammiti doirasidagi uchrashuvda ishga tushirilgan edi.

Tikuvchilik fabrikasining maydoni 1,2 gektar. Loyihaning umumiy investitsiya qiymati 6,2 million dollarni tashkil etadi. Jami 800 ta ish o‘rni yaratiladi.

Korxonada yiliga 3-5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Tayyor mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yetkazib beriladi.