Samarqandda Inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

05.07.2025 00:00 O'zbekiston 5

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Paxtachi tumanidagi MCHJlardan biriga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganligini aytadi.

So‘ngra, u o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bu uddaburon bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2 ming 500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi. 

9ada4d8ef89fab153b4e756bdd1c866b0705

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.