«Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi

02.05.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 12

MO,Ko'rfaz davlatlari,sammit

5 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi sammit noma’lum muddatga qoldirildi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, sammit - tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan keyingi muddatlarga qoldirilgan.

«Tomonlar yangi sanani o‘zaro maslahatlashuvlar asosida belgilash bo‘yicha ishlamoqda. Sammitning o‘tkazilish sanasi va boshqa tafsilotlar haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Mazkur hamkorlik formati doirasidagi muloqot va sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettiriladi», degan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov

16 aprel kuni Samarqand shahrida 5 may kuni yuqori darajadagi sammit bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi