Samarqandda Oʻzbekiston – Xitoy ikkinchi hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi

03.06.2025 00:00 IPAK YO‘LI 8

Samarqand Oʻzbekiston—Xitoy ikkinchi hududlararo forumiga mezbonlik qildi. Ushbu anjumanda ikki tomon hukumat aʼzolari, hududlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

c668746148b564cd563246ea1806f7cb0602

Foto: xs.uz

Forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev, Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashining 14-chaqiriq yigʻilishi raisining oʻrinbosari, SHHTning qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik boʻyicha Xitoy qoʻmitasi raisi Shen Yueyue xonim, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligini taʼkidladi.

62c018293e9fa7a1fef5da31d569efbc0602

Foto: xs.uz

Tadbir doirasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik, innovatsiyalar va yashil iqtisodiyot boʻyicha biznes-forum oʻtkazilmoqda. Panel sessiyalar davomida Taʼlim va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik forumi, Zamonaviy qishloq xoʻjalik forumi va Ayollarning innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlik forumi ham boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat milliy mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etilgan