Isroil armiyasi Eron tomonidan mamlakat hududiga raketalar uchirilganini maʼlum qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Hujum ortidan Isroilning bir nechta hududlarida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangradi.
“Biroz avval Isroilning turli hududlarida Erondan yoʻnaltirilgan raketalar topilgani sababli havo hujumi sirenalari ishga tushirildi”, — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ijtimoiy tarmoqda bergan maʼlumotiga koʻra, Eron qurolli kuchlari amalga oshirgan harbiy operatsiyalar mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da toʻxtatilgan. “Isroil tajovuzkorligini jazolashga qaratilgan harbiy amaliyotlar soat 4 gacha davom etdi”, — deya yozgan u.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp ham ijtimoiy tarmoqda urush toʻxtaganini qayd etib, taraflarni tinchlikni buzmaslikka chaqirdi.