Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mln nafarga yetdi

08.07.2025 00:00 O'zbekiston 9

2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

16f271d4ac3975a600de39178ed2c4780708

Foto: “Xalq soʻzi”

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Yaʼni oʻtgan yilning 1-iyul holatiga respublikada doimiy aholi soni 37,1 mln kishini tashkil etgan.

Qoʻmita maʼlumotlarida keltirilishicha aholining:

  • Ayollar – 18,8 mln kishi;
  • Erkaklar – 19,1 mln kishi.
  • Shahar joylarda – 19,3 mln kishi;
  • Qishloq joylarda – 18,6 mln kishi;