Özbekistonda ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd etilişiça, prokuratura organlari Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qiliş va saqlaşga qaratilgan nazorat tadbirlarini ötkazmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatidagi miloddan avvalgi XII–VII asrlarga oid «Dalvarzin» yodgorligi hududida mevali boğ, ekin maydoni va beton ğişt işlab çiqariş sexi taşkil etilgan. Buning oqibatida yodgorlikka katta zarar yetkazilgan. Samarqand viloyatidagi «Talliğulontepa» yodgorligining esa 195 kub metr qismi oğir texnika yordamida buzib taşlangan.
Şuningdek, respublika böyiça 48 ta yodgorlikning muhofaza hududida uy-joylar va hojatxonalar qurilgan. Masalan, masʼullarning loqaydligi oqibatida Şahrisabzdagi «Sariqtepa» yodgorligi muhofaza hududiga özboşimçalik bilan uçta uy-joy qurilgan.
Örganişlar natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatilib, 68 ta taqdimnoma kiritilgan. 20 nafar mansabdor şaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Şuningdek, yodgorliklarga qariyb 300 ta muhofaza belgisi örnatilişi taʼminlangan.
Boş prokuratura eslatişiça, arxeologiya yodgorliklariga zarar yetkazganlik uçun aybdorlarga 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.