11
11

Apple, Google va Meta: Özbekistonda eng köp soliq tölagan xorijiy kompaniyalar eʼlon qilindi

Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida 232,8 mlrd söm soliq töladi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

Qömita maʼlumotiga köra, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 85 foizga köp. 2025-yilning töqqiz oyida 73 ta xorijiy kompaniya 124,8 mlrd söm soliq tölagan bölsa, joriy yilda ularning soni 109 taga yetgan.

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida xorijiy kompaniyalar Özbekistonda 1 trln 942,2 mlrd sömlik elektron xizmat körsatgan. Ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 1 trln 48,6 mlrd sömni taşkil etgan.

Soliq tölovlari böyiça eng yuqori körsatkiç Apple kompaniyasi hissasiga töğri kelgan — 54,2 mlrd söm. Keyingi örinlarni Google (52,6 mlrd söm) va Meta (46,7 mlrd söm) egallagan. Şuningdek, kuçli öntalikka quyidagi kompaniyalar kirgan:

  • Valve Corp. — 22,8 mlrd söm;
  • Anthropic — 14 mlrd söm;
  • OpenAI — 10 mlrd söm;
  • Midasbuy — 4,8 mlrd söm;
  • Booking.com — 4,2 mlrd söm;
  • TikTok — 2,4 mlrd söm;
  • Anysphere — 2,2 mlrd söm.