2026-yilning yanvar–iyul oylarida 167 337 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,6 ming nafarga yoki 10,3 foizga oshgan.
Mazkur koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha (yanvar–iyul):
2022-yil — 50 ming nafar;
2023-yil — 35,2 ming nafar;
2024-yil — 106,5 ming nafar;
2025-yil — 151,7 ming nafar;
2026-yil — 167,3 ming nafar.