Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Mazkur hujjat bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish muddatini amaldagi oʻttiz yildan qirq toʻqqiz yilga uzaytirish taklif etilmoqda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga berishning eng koʻp muddati esa 49-yil etib belgilanmoqda.
Chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ikkilamchi ijara huquqi asosida foydalanish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, noqishloq yerlar ijarasiga oid qoidalar soddalashtirilib, yerlarni auksion orqali ijaraga olishga va ushbu yerni qayta ijaraga berishga ruxsat berilmoqda. Bundan tashqari, yakka tartibdagi uy-joylar joylashgan yer uchastkasi ijara huquqi asosida berilishi mustahkamlab qoʻyilmoqda.