“Aqlli svetafor” – yangi qulaylik va xavfsizlik

23.07.2026 16:00 O'zbekiston 1726 ipaknews

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, Toshkent viloyati boʻylab “aqlli svetofor”lar oʻrnatilmoqda. 

– Yoʻl-transport hodislarining oldini olish, tirbandliklarni kamaytirish, harakatni toʻgʻri tashkil etish hamda atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni kamaytirish maqsadida viloyat hududidan oʻtgan A-373 Toshkent – Oʻsh avtomobil yoʻlining 9-kilometrida joylashgan tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidagi svetoforlar yangi va zamonaviy “aqlli svetofor”larga almashtirildi, – deydi Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Rustam Asqarov. 

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5

Foto: xs.uz

Ushbu svetofor markazdan boshqarilib, harakatni toʻgʻri tashkil etish uchun yordam beradi. Shuningdek, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi.