Nyu-York meri Zohran Mamdani sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etishi kutilgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish imkoniyati yuzasidan huquqiy masalalar oʻrganilayotganini maʼlum qildi.
Mamdanining taʼkidlashicha, Netanyahu Gʻazodagi urush jinoyatlari bilan bogʻliq ayblovlar yuzasidan Gaaga sudi tomonidan qidiruvga berilgan. Shuningdek, u Netanyahuni hibsga olish imkoniyati yuzasidan huquqshunoslari bilan maslahatlashayotganini taʼkidlagan.
Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon Mamdanining mazkur bayonotlarini keskin tanqid qilib, Binyamin Netanyahu rejaga muvofiq Nyu-Yorkka kelishi va BMT Bosh Assambleyasida faxr bilan nutq soʻzlashini taʼkidlagan.