Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

11.07.2026 16:15 O'zbekiston 1863 ipaknews.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.