Muloqot va tajriba almashinuvi

26.06.2026 10:00 Video 3225 ipaknews.uz XXR

Diniy arboblardan iborat Indoneziya delegatsiyasi Shinjon hududiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari Urumchi va Qashg‘ar shaharlarida bo‘lib, turar joy mavzelari, maktablar, korxonalar, diniy hamda madaniy maskanlarni ziyorat qildi. Mehmonlar mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, tarixi, madaniyati, diniy hayoti va mahalliy aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.

Butun Indoneziya Xitoyliklar Assotsiatsiyasi raisi Xuan Yinxua safar davomida hududning jadal rivojlanayotgani, samimiy muhit va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi uning e'tiborini tortganini ta'kidladi.

Urumchi shahrida delegatsiya a'zolari Shinjon muzeyi hamda Shinjon Islom institutiga tashrif buyurdi. U yerda ular mintaqaning tarixi va madaniy merosi bilan tanishib, institutning ta'lim infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi hamda mahalliy diniy arboblar bilan diniy ta'lim va mutaxassislar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Andalas universiteti talabalar ishlari bo‘yicha direktori Dandi Saputra Shinjonning rivojlanishi, aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan e'tibor hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayoni unda katta taassurot qoldirganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tajriba Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada rivojlantirishda foydali bo‘lishi mumkin.

Qashqar shahrida delegatsiya Syanfey bog‘i, Id Kax masjidi, Qashqar kompleks bojxona-bond hududi, Baysha va Qorako‘l ko‘llari, shuningdek shaharning tarixiy qismini asrash va qayta tiklashga bag‘ishlangan muzeyni ziyorat qildi. Tashrif davomida ishtirokchilar hududning tarixiy-madaniy merosi, diniy hayotining o‘ziga xos jihatlari, turizmni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tashqi iqtisodiy hamkorlik va shahar infratuzilmasini yangilash ishlari bilan tanishdi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, delegatsiya a'zolari Shinjonning bugungi rivojlanishi va uning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari haqida yanada to‘liq tasavvurga ega bo‘ldi.