Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilyapti?

21.06.2026 14:31 O'zbekiston 2670 ipaknews.uz

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Bildirilishicha, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning eksport hajmi qariyb 10 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan TOP-10 davlatlar:

  • Rossiya – 1,5 mlrd AQSH dollari;

  • Xitoy – 919,6 mln AQSH dollari;

  • Afgʻoniston – 643,7 mln AQSH dollari;

  • Fransiya – 498,6 mln AQSH dollari;

  • Qozogʻiston – 425,5 mln AQSH dollari;

  • Turkiya – 361,4 mln AQSH dollari;

  • BAA – 265,5 mln AQSH dollari;

  • Qirgʻiz Respublikasi – 254,2 mln AQSH dollari;

  • Tojikiston – 213,3 mln AQSH dollari;

  • AQSH – 122,5 mln AQSH dollari.