2026-yil 18-iyun kuni oliy taʼlim sohasida dunyoning eng nufuzli uch reyting agentliklaridan biri boʻlgan QS xalqaro reyting agentligi QS World University Rankings 2027-natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Samarqand davlat universiteti 2025-yilda boʻlgani kabi 1001-1200 oʻrinlarda eʼtirof etildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Samarqand davlat universiteti bu yilgi reytingda bir nechta muhim indikatorlarda ijobiy natijalarni qayd etdi:
Professor-oʻqituvchilar va talabalar soni nisbati (Faculty Student Ratio): universitet ushbu koʻrsatkich boʻyicha 484-oʻrinni qayd etdi. Ish beruvchilar orasidagi obroʻ (Employer reputation): bu yoʻnalishda universitet 590-oʻrinni egalladi. Akademik obroʻ (Academic reputation) koʻrsatgichida 612-oʻrinni egalladi. Xalqaro professor-oʻqituvchilar soni (International faculty ratio) koʻrsatgichida 646-oʻrin qoʻlga kiritildi.
Maʼlumot uchun QS World University Rankings 2027da ishtirok etish uchun dunyoning 106-mamlakatidan 8808-oliy taʼlim muassasalari ariza bergan boʻlib, shundan, 1504 tasi reytingga kiritilgan. Shu jumladan, Oʻzbekistondan 6 universitet mazkur reytingga kirishga muvaffaq boʻldi.
Reytinglarni hisoblashda Scopus bazasida indekslangan 21 milliondan ortiq maqolalar va ularga berilgan 222 millionga yaqin iqtiboslar tahlil qilingan. Reyting agentligi oʻtkazgan soʻrovnomalarda 1.6 million akademik soha ekspertlari va 600 mingdan ortiq ish beruvchilar qatnashgan.