Musobaqaning 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.
Ilgiz Tantashev jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini boshqarib boradi.