2026-yilning yanvar mart oylarida Oʻzbekistonda havo transporti orqali qariyb 2,3 mln nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga oshgan.
Shuningdek, mazkur davrda havo transporti orqali 24,3 ming tonna yuk tashilgan.